Oʻzbekiston Varshava konferensiyasi doirasida gender tenglik sohasidagi yutuqlarini taqdim etdi

22:34 16 Oktyabr 2025 Siyosat
226 0

Oliy Majlis Senati aʼzosi Gulnora Marufova Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi tomonidan oʻtkazilayotgan Insoniylik mezonlari boʻyicha Varshava konferensiyasida ishtirok etdi.

Mazkur anjuman doirasida “Gender tenglik istiqbollari: Oʻzbekistonning ayollar huquqlari boʻyicha global kun tartibiga qoʻshgan hissasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonning xotin-qizlar huquqlarini ilgari surish va gender tenglikni taʼminlash sohasidagi yutuqlarini taqdim etish, shuningdek, ushbu sohadagi taraqqiyotni jadallashtirish masalalari boʻyicha xalqaro muloqotni mustahkamlashga koʻmaklashishdan iborat.

Munozarada 40 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, YXHTga aʼzo davlatlar diplomatik vakolatxonalari, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar va akademik institutlar vakillari qatnashdi.

Tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari D.Muratova boshchiligida panel muhokamasi shaklida oʻtkazildi.

Senator G. Marufova oʻz chiqishida parlamentning ayollar huquqlarini ilgari surish boʻyicha faol platformaga aylanganini taʼkidlab, 2030-yilgacha moʻljallangan Gender tenglikka erishish boʻyicha milliy strategiyaning bu boradagi ijobiy taʼsiriga eʼtibor qaratdi. Ayollarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash chora-tadbirlari, jumladan, imtiyozli kreditlash dasturlari va taʼlim tashabbuslariga alohida urgʻu berildi.

Muhokama ishtirokchilari mamlakat rahbariyatining yuksak siyosiy irodasi va keng koʻlamli qonunchilik islohotlari asosida Yangi Oʻzbekistonda gender tenglik sohasida sezilarli yutuqlarga erishilganini bir ovozdan eʼtirof etdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?