Oʻzbekiston vakillari Seulda xalqaro yarmarkasida ishtirok etmoqda
Kecha Janubiy Koreyada “Seoul International Travel Fair SITF-2023” xalqaro yarmarkasi oʻz ishini boshladi.
Seul shahridagi COYEX konferensiya va koʻrgazmalar markazida 7-mayga qadar davom etadigan mazkur xalqaro yarmarkada Oʻzbekistonning milliy stendi ham namoyish etilmoqda.
Mamlakatimizning milliy stendi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK va “Uzbekistan airways” AJ bilan hamkorlikda namoyish etmoqda. Shuningdek, yarmarkada yurtimizdagi “Munisbek gold group”, “Boʻston Travel”, “Grand Sohil” sayyohlik kompaniyalari ham ishtirok etmoqda.
Toʻrt kun davomida xalqaro yarmarkada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari yangi sayyohlik mahsulotlarini namoyish etadilar va mamlakatimizga xorijlik sayyohlar oqimini koʻpaytirish borasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadilar.
Xususan, koʻrgazmaning ilk kunidayoq joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida (TXTY-2023) ishtirokchilarni jalb etish maqsadida Seyshel orollari, Gonkong va Nepal turizm tashkilotlari vakillari, shuningdek Kombodja qirolligi Turizm vazirligi xodimlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida xorijlik hamkorlar eʼtiboriga Oʻzbekistonning bebaho madaniy va tarixiy merosi hamda turistik salohiyati, shuningdek, soʻnggi yillarda yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar uchun qulayliklar yaratish, turizmning turli yoʻnalishlarini ommalashtirish kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida maʼlumot berildi.
“Seoul International Travel Fair SITF-2023” joriy yilda 38 marotaba oʻtkazilayotgan boʻlib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 300 dan ziyod kompaniyalar 500 dan ortiq stendlar bilan ishtirok etmoqda. 120 mingdan ziyod mehmonlar va turizm sanoatining vakillari tashrif buyurgan ushbu yarmarka Seul xalqaro turizm yarmarkasi tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring