Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlik kuchaytiriladi
Joriy yilning 12-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ–95-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Hukumati bilan Turkiya Hukumati oʻrtasida mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlikni kuchaytirish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Anqara shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring