Gʻazoda vayronalar orasidagi iftorlik, Birmingemda esa dalmatin itlar koʻrgazmasi

17:29 15 Mart 2026 Dunyo
255 0

Foto: Piter Klaunzer / EPA

Soʻnggi haftada dunyodagi eng muhim voqealar kamera obyektivlari orqali yoritildi. Siz quyida Milan-Kortina Qishki Paralimpiyasidagi sport musobaqalari, Nyu-Yorkda uyushtirilgan norozilik namoyishlari, Gʻazoda Ramazon oyidagi iftor dasturxoni, Isroil va Eron munosabatlari oqibatlari haqida soʻzlovchi suratlar bilan tanishishingiz mumkin.

Fotojurnalistlar yakunlanayotgan haftadagi voqealarni tasvirga olishda nafaqat vaziyat, balki odamlarning reaksiyasi, atrof muhit va uning inson hayotiga taʼsirini ham aks ettirishga harakat qilgan.

Gʻazoda iftorlik

Foto: Jehad Alshrafi/AP

Al-Najar oilasi aʼzolari Ramazon oyida vayron boʻlgan binolar orasida iftor qilishmoqda. Soʻnggi oylarda HAMAS nazoratidagi Gʻazo hududlariga Isroil tomonidan yangi qidiruv va qoʻlga olish operatsiyalari amalga oshirilmoqda.

Xor Fakkan, Birlashgan Arab Amirliklari

Foto: Altaf Qadri/AP

Hormuz boʻgʻozi Eron tomonidan toʻsib qoʻyilganidan soʻng, dengizda turib qolgan neft tankerlari va yuk kemalari fonida sohilda ot choptirayotgan qiz. Isroil-AQSH va Eron oʻrtasida urush boshlanganidan beri 1,000 dan ortiq neft va gaz tankerlari Hormuz boʻgʻozidan oʻta olmay turibdi.

Nyu-York, AQSH

Foto: Charli Triballo/AFP/Getty Images

Nyu-Yorkda Jeyk Lang tarafdorlari uyushtirgan namoyish paytida bir faol politsiya tomon qoʻlbola portlovchi qurilma tashlab, voqea joyidan qochmoqda.

Dover, Delaver, AQSH

Foto: Juliya Demari Nikinson/AP

Dover harbiy bazasida Kuvaytda halok boʻlgan askar mayor Sorffli Deviusning jasadi ustiga AQSH bayrogʻi yopilgan tobutda olib ketilmoqda. Mojaroda AQSHning 13 nafar harbiy xizmatchisi halok boʻlgan, qariyb 150 nafari yaralangan. Eronning BMTdagi elchisi esa mamlakatda halok boʻlganlar soni 1,300 nafardan oshganini maʼlum qilgan.

Netanya, Isroil

Foto: Jak Gez/AFP/Getty Images

Eron tomonidan amalga oshirilgan yangi raketalar hujumi paytida Isroilning Netanya sohili ustida koʻrinayotgan raketalar izlari.

Isroil

Foto: Shir Torem/Reuters

Bir ayol Hizbulloh tomonidan oʻqqa tutilganidan keyin vayronaga aylangan uy derazasidan atrofni kuzatmoqda. Isroil va Hizbulloh oʻrtasidagi soʻnggi toʻqnashuvlar oqibatida Livanda 600 dan ortiq kishi halok boʻlgan.

Beyrut, Livan

Foto: Adri Salido/Getty Images

Beyrut markazida Isroil hujumidan soʻng osmonga qalin qora tutun koʻtarildi, zarbalar oqibatida qurbonlar va vayronalar qayd etildi. Hududdan 800 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Tehron, Eron

Foto: Majid Asgaripur/WANA/Reuters

Tehronda Shahron yoqilgʻi saqlash omborlariga berilgan zarbadan keyin koʻtarilayotgan tutun fonida odamlar vayron boʻlgan avtomobil yonida turibdi.

Birmingem, Angliya

Foto: Xanna Makkey/Reuters

Crufts dalmatin itlar koʻrgazmasining uchinchi kuni, qatnashchilar natijalarni kutmoqda.

Milan-Kortina, Italiya

Foto: Jeff Pachoud/AFP/Getty Images

Norvegiyalik sportchi Bernt Marius Ryorstad Milan-Kortina Qishki Paralimpiya oʻyinlarida super-G lыja musobaqasida ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?