Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Bugun “Rossiya madaniyat kunlari” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻrikenglik va manfaatli sheriklik ruhida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.


Majlisda sahna sanʼati, teatr, kino, muzey ishi, moddiy va nomoddiy madaniy meros yoʻnalishlaridagi hamkorlik alohida eʼtirof etildi. Xususan, tomonlar sahna sanʼati boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish, madaniyat kunlarini muntazam oʻtkazish, yangi formatlar ishlab chiqish va ijtimoiy ahamiyatni oshirish zarurligini taʼkidladi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalarida tomonlar ijodiy taʼlimni rivojlantirish, oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, federal byudjet hisobidan Rossiyada taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga, ikki davlat taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, mahorat darslari, seminar va maʼruzalarni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Kinematografiya boʻyicha hamkorlikda, tomonlar har yili Kino kunlari almashinuvi, filmlar namoyishi, kinoijodkorlarning festival va tanlovlarda ishtiroki, shuningdek, qoʻshma filmlar ishlab chiqish, kinosanoat mutaxassislari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish, xalqaro tajribani oʻrganish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

Majlisdan soʻng Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Jilinning fonograf-simfo-jaz orkestri, shuningdek, taniqli rus estradasi vakillari — xizmat koʻrsatgan artist Pelageya, “Ovoz” loyihasi gʻoliblari Sergey Volchkov va Aleksandra Vorobyova, xalqaro “Vokal” tanlovi oltin medal sohibi Onopchenko hamda Tatariston Respublikasining xizmat koʻrsatgan artisti Elmira Kalimullinalar ijrosida konsert dasturlari namoyish etildi.
Tadbirning yakuniy qismi 30-mayda Samarqanddagi “Boqiy shahar” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladigan yopilish marosimi bilan nihoyasiga yetadi. Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.












Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring