Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Xivadagi yirik gilam korxonasi bilan tanishdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurdilar.
2020-yilda tashkil etilgan qiymati 24 million dollarlik ushbu korxona yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar AQSH, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Kombinatda Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. 750 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdilar, kombinat hududida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.
Masʼul vazirlik va idoralarga oʻzaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirishga koʻrsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring