O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarining sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda

13:41 06 Aprel 2023 Siyosat
851 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»

Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Nur-Sulton, 2021 yil 6 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi chog‘ida imzolanganligi qayd etilib, Shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini yanada yaxshilash mumkinligi ta’kidlandi.

Ushbu Shartnoma bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarining sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlar murojaatlari asosida topshiriladi.

Muhokama davomida mahkumlar jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishish imkonini berishi oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,  mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishi qayd etildi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, Qonunning qabul qilinishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Muhokama yakunida senatorlar mazkur Qonunni ma’qulladi.

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?