Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 25-noyabr kuni Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, strategik sheriklikni chuqurlashtirish va oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotgani, oliy va yuqori darajadagi muloqotlar izchil yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi tarixiy va maʼnaviy umumiylikni inobatga olgan holda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Ahmad Fargʻoniyning boy ilmiy-maʼrifiy merosini birgalikda oʻrganish, ikki mamlakat diplomatik akademiyalari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish, noyob asarlarni tarjima qilish loyihasini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Toshkent, Islomobod va Lahor shaharlarida madaniy tadbirlarni izchil oʻtkazib borish, Buxoro va Lahor oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring