O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etildi.
Joriy yil fevral oyida Pokiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Vazirliklar, idoralar va tarmoqlar darajasidagi muloqotlar faollashgani va almashinuvlar samarali tus olgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mart oyida Islomobod shahrida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Aprel oyidan Lahorga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shma loyihalarning ijrosini ko‘rib chiqish va ularni jadallashtirish choralarini ko‘rish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yilda o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring