Oʻzbekiston va Ispaniya parlamentlararo hamkorlik guruhining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston va Ispaniya parlamentlararo guruhining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, strategik sheriklikni chuqurlashtirish va parlamentlararo muloqotni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik faollashib borayotganligi, infratuzilma, sanoat va innovatsiya yoʻnalishlarida hamkorlikda 800 mln dollar miqdorida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida 32 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilayotganligi, oʻtgan yili Ispaniyadan Oʻzbekistonga 23,6 ming sayyoh tashrif buyurgani alohida taʼkidlandi.
Parlamentlararo muloqot oʻzbek-ispan munosabatlarining muhim asosi ekanligi qayd etildi hamda dolzarb takliflar ilgari surildi.
Ikki mamlakat parlamentlari tegishli qoʻmitalari va komissiyalari delegatsiyalari ishtirokida qonunchilik sohasida muntazam fikr va tajriba almashish amaliyotini joriy etish, parlamentlararo hamkorlikning qoʻshma rejalarini ishlab chiqish, Yoshlar parlamentini rivojlantirish boʻyicha tajriba oʻrganish, qishloq xoʻjaligi, suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanishda hamkorlik olib borish shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring