Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi qanday mukofotlandi?

18:56 17 Avgust 2025 Sport
286 0

Foto: OʻFA

Joriy yilning 6-10-avgust kunlari Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralashiga mezbonlik qildi.

Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi mazkur bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Terma jamoa saralash bosqichi doirasida Bahrayn (8:0) va Shimoliy Mariana orollari (8:0) ustidan yirik hisobdagi gʻalabalarga erishdi hamda Iordaniya termasi bilan durang (3:3) oʻynadi. Ushbu natijalar evaziga Vladimir Panov boshqaruvidagi qizlar oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, 2026-yil Tailandda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga yoʻl oldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng, 11-avgust kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida yigʻilish oʻtkazildi. Unda rahbariyat futbolchilar va murabbiylar shtabiga mazkur gʻalabalar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, xalqaro maydonda Oʻzbekiston shaʼnini munosib himoya qilgan futbolchilar va murabbiylarga Assotsiatsiya tomonidan pul mukofotlari topshirildi.

«Xalq soʻzi» manbasiga koʻra, futbolchilarga 5 million soʻm miqdorida mukofot pullari berilgan.

Yana shuni ham qayd etish joizki, iyul oyida boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralashidan muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga 20 million soʻmdan mukofot puli berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер