Oʻzbekiston – Turkmaniston: parlamentlararo hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2022-yil 7-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva joriy yil 8-9-sentyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Milliy Gengeshi Mejlisi raisi Gulshat Mammedova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chogʻida parlamentlararo muloqot mamlakatlar oʻrtasida har tomonlama hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi muhim platformaga aylangani taʼkidlandi.
Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat parlamentlari huzurida tashkil etilgan parlamentlararo doʻstlik guruhlarining faoliyatiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi.
Muloqot davomida mamlakatlarimiz oʻrtasida turli sohalarda hamkorlikka oid erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan taʼminlab borish, bunda parlamentlarning qoʻmitalari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek gender tenglik, taʼlim va ijtimoiy himoya yoʻnalishlarida koʻp tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring