O‘zbekiston Tojikistonga yangi maktab qurib beradi
O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy “So‘g‘d” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.
Qurilish rejasiga ko‘ra, maktab 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan.
Tojikiston arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Jamshed Ahmadzodaning aytishicha, Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona qurilishi ham rejalashtirilgan.
Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Qayd etish joizki, Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring