Oʻzbekiston terma jamoasi Armanistonni magʻlub etdi

Ayni vaqtda Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi Armaniston poytaxti Yerevan shahrida yigʻin oʻtkazmoqda. Yigʻin doirasida ushbu mamlakatning U-18 terma jamoasiga qarshi 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazilishi belgilangan edi. Bugun, 5-sentyabr kuni dastlabki oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Ushbu bahsda Oʻzbekiston yoshlari armanistonlik tengdoshlarini 1:2 hisobida magʻlub etdi. Jamoliddin Rahmatullayev mazkur oʻyin uchun quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirdi:
Bogʻdan Odinayev, Saddam Ahmadov, Ozod Odiljonov, Behruz Karimov, Azizbek Toʻlqunbekov, Quvonchbek Abrayev, Davron Toʻlaganov, Ulugʻbek Maratov, Jasurbek Jumaboyev, Muhammadali Dilshodbekov, Abdulfayz Bobomurodov.
Oʻyinda gollar “Olimpik-Mobiuz” futbolchisi Ulugʻbek Maratov va “Lokomotiv” aʼzosi Quvonch Abrayevning hisobiga yozildi. 58-daqiqada Davron Toʻlaganov penaltidan foydalana olmadi. Shu tariqa oʻyin 1:2 hisobi bilan yakunlandi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu jamoalar oʻrtasidagi keyingi oʻrtoqlik oʻyin 8-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring