Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Islomobodda Pokiston Xalq partiyasi raisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 8-9-may kunlari Islomobodga rasmiy tashrifi davomida Pokiston Xalq partiyasi raisi Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi.
“Pokistonga tashrifimiz chogʻida Pokiston Xalq partiyasi raisi Bilaval Bhutto Zardoriy janoblari bilan samimiy uchrashuv oʻtkazdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Uning Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi doʻstlikni har tomonlama mustahkamlash yoʻlidagi harakatlarni samimiy qoʻllab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz”.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 8-9-may kunlari rasmiy tashrif bilan Pokistonda boʻldi. Islomobodda bir qator ikki tomonlama muzokaralar hamda ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring