Oʻzbekiston sud tizimini yanada mustahkamlash yoʻlida

15:59 20 Iyul 2023 Jamiyat
260 0

Фото: Олий суд матбуот хизмати

Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Robaxon Mahmudova Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmaklashish” dasturi loyihasi rahbari Kristof Kopeski bilan uchrashdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilangan.

Shu oʻrinda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, dunyo standartlariga uygʻun sudlov tizimini yaratishda xalqaro hamkor tashkilotlarning koʻmagi muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Xususan, keyingi yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmaklashish” dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, ushbu loyiha doirasida oʻtgan ikki yil davomida sudyalar uchun bir nechta xorijiy xizmat safarlari tashkil etilib, oʻzaro hamkorlikda sud-huquq sohasidagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan bir necha seminar va treninglar oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida Oliy sud va “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmaklashish” mintaqaviy dasturi oʻrtasida sud-huquq sohasidagi amaliy hamkorlik samarali davom ettirilib, Oʻzbekiston sud tizimini yanada mustahkamlash yoʻlida oʻz natijasini berishga ishonch bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?