Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi

Illyustrativ foto
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning bugun, 8-sentyabr kuni qabul qilingan “Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida soʻz borgan.
Hujjat bilan nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli koʻrib chiqilishini taʼminlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-noyabrdan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
2026-yildan 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obyektlarni koʻzdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring