Oʻzbekiston Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi yanvar oyidagi tartibsizliklardan keyin Oʻzbekiston fuqarolarining hibsga olinishi munosabati bilan Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Qobuljonov maʼlum qildi:
Shu kunlarda qator ommaviy axborot vositalarida Qozogʻiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha ombudsmani Elvira Azimovaga tayanib, Qozogʻistonda joriy yilning yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan soʻng 18 nafar xorijlik, jumladan, 14 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hibsda qolayotgani haqida maʼlumot tarqaldi.
Ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun Oʻzbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni soʻrab tegishli nota yubordi.
Oʻzbekiston Respublikasining Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi, shuningdek, Olma-ota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari Qozogʻiston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Ushbu notada Qozogʻiston TIVdan hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish soʻralgan. Shuningdek, Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun hibsdagilar bilan konsullik uchrashuvini tashkil etish soʻrovi yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring