O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvi bajarilmoqda

20:45 04 Iyun 2025 Jamiyat
110 0

Mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi koridorlarda yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Transport vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston” koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etdi.

Ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik va ushbu transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida savdo aylanmasi o‘sishi va transport-logistika aloqalarining kengayishi uchun yangi istiqbollar ochilmoqda.

Ushbu yo‘nalish davlatlar o‘rtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.

Dunyo logistika bozoridagi vaziyatni inobatga olganda, mazkur koridorning rivojlanishi o‘zbek milliy tashuvchilari uchun o‘z biznesini kengaytirish, samaradorlikni oshirish hamda mintaqaviy va global darajadagi o‘rinlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер