Oʻzbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilindi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:
– Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
– Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
– Bojxona ishlarida oʻzaro koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
– Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
– Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
– Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo memorandum;
– Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo memorandum;
– Savdo sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Toshkent va Doxa shaharlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.
Shuningdek, tashqi ishlar va adliya vazirliklari oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshma platforma yaratish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring