Oʻzbekiston qaysi davlatlarga eng koʻp mahsulot eksport qildi?
2025-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 33,8 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan TOP-10 davlatlar ichida 4,3 milliard dollarlik koʻrsatkich bilan Rossiya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda 2,5 milliard dollar bilan Xitoy ikkinchi pogʻonada, 1,5 milliard dollarlik eksport ulushi bilan Qozogʻiston uchinchi oʻrinda qayd etilgan.
Shuningdek, oʻtgan yil yakuniga qadar Afgʻonistonga 1,5 milliard, Turkiyaga 1,1 milliard, Fransiyaga 872,2 million, Qirgʻiz Respublikasiga 771,1 million, BAAga 720,7 million, Tojikistonga 683,1 million hamda Pokistonga 325 million AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilingan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring