O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari 2-iyul kuni Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Yetakchilar Boku shahrida birgalikda "O‘zbekiston" bog‘iga asos soldilar va O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochdilar, "Sea Breeze" dam olish maskani faoliyati bilan tanishdilar.
3-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Xonkendi shahridagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishdi.
Bugun davlatimiz rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi va qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida Prezidentimizni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring