O‘zbekiston Prezidentining Eronga tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston rahbari Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar hamda mamlakatning Oliy diniy rahbari Said Ali Xomaneiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
“Mehrobod” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring