Oʻzbekiston Prezidenti JSTga aʼzo boʻlish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi

BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari koʻrib chiqildi.
Ushbu xalqaro tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan muzokaralar surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.
JST meʼyorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan Ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi natijadorligini taʼminlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va mamlakatimiz tashkilotga qoʻshilishi muhim ekani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring