Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻining uchinchi konferensiyasida ishtirok etdi

Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻining “Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda parlament faoliyatini kuchaytirish” mavzusidagi uchinchi konferensiyasida ishtirok etdi.
Tashkilotda ishtirok etuvchi parlamentlar va xalqaro tuzilmalardan 53 ta delegatsiya hozir boʻlgan anjuman davomida iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda parlamentlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan qator strategiya va yondashuvlar muhokama qilindi.
Iqlim oʻzgarishi jamoaviy harakatlarni talab qiladigan zamonamizning global muammolaridan biri boʻlib qolayotgani, bugun qabul qilinadigan qarorlar kelajak avlodlarga uzoq muddat taʼsir koʻrsatishi aytib oʻtildi.
Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, aholining xabardorlik darajasini oshirish, barqaror ekologik siyosat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan namunaviy qonunlarni ishlab chiqish boʻyicha parlamentlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish lozimligiga eʼtibor qaratildi.
Oliy Majlis Senati Raisi oʻz nutqida jahon mamlakatlari parlamentlari, birinchi navbatda, inson omilining sayyoramizga salbiy taʼsirini imkon qadar kamaytirish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, ekologik muammolarni hal qilishda parlamentlardan talab etiladigan zarur jihatlar sanab oʻtildi. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasiga doir qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish boʻyicha mamlakatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, global oʻrtacha haroratning oʻsishini Selsiy boʻyicha 2 darajadan past darajada ushlab turishga erishish va Parij bitimini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, Senat Raisi ishtirokchilar eʼtiborini “yashil” texnologiyalar va tegishli infratuzilmaga investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligiga qaratdi.
Konferensiyada Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻi Byurosi va doimiy komissiyalarini shakllantirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻi huzurida kuzatuvchi maqomi berish toʻgʻrisidagi tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi va qarorlar qabul qilindi.
Tadbir yakunida uning natijalarini sarhisob qilgan holda Jeneva deklaratsiyasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring