Oʻzbekiston oziq-ovqat eng arzon davlatlar reytingida 18-oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston 2025-yil boshida oziq-ovqat narxlari indeksi boʻyicha dunyoda 139 davlat orasida 18-oʻrinni egalladi. Statistikaga koʻra, mamlakatimiz uchun indeks 26,6 ga teng, yaʼni oziq-ovqat mahsulotlari narxi Nyu-Yorkdagidan oʻrtacha 73,4 foizga arzon.
Mazkur indeks Nyu-Yorkdagi narxlarni 100 foiz deb olgan holda, turli davlatlardagi isteʼmol savatchasi nisbiy qiymatini aks ettiradi. Natija qancha past boʻlsa, ushbu mamlakatda mahsulotlar shunchalik arzon boʻladi.
Reytingning birinchi (arzon) pogʻonasini mos ravishda Pokiston, Afgʻoniston, Misr, Eron va Madagaskar egallagan. Indeksi eng yuqori (qimmat) boʻlgan davlatlar esa Virjiniya orollari, Shveysariya va Islandiya.

MDH davlatlari orasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Moldova va Armanistonda mahsulotlar Oʻzbekistonga qaraganda qimmatroq. Belarusiya va Ukrainada boʻlsa buni aksi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring