Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Turkiya bilan oʻynaydi
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi turk tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Unda maʼlumot berilishicha, oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Oʻzbekiston va Turkiya terma jamoalari 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bahslar 11 va 14-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Ushbu uchrashuvlarga “JAR“ stadioni mezbonlik qilishi maʼlum qilingan.
Maʼlumot uchun, Islom Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi dastlabki oʻyinini 5-noyabr kuni Paragvay oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring