Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Foto: OʻzA
Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov assotsiatsiya raisi etib saylandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, davlat va xususiy sektor vakillari, sport tashkilotlari rahbarlari hamda 170 mingga yaqin xodimni band qilgan 200 nafardan ortiq tadbirkor ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan. Unda Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etilgan.
Yigʻilishda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov mazkur assotsiatsiya raisi etib saylangan. “Akfa Group” asoschisi Jahongir Ortiqxoʻjayev raisning birinchi oʻrinbosari, “International Beverages Tashkent” direktorlar kengashi raisi Shuhrat Ergashev rais oʻrinbosari etib saylangan.
Shu bilan birga, Bekzod Mamatqulov (BMB Holding) futbol va futzal, Zafar Hoshimov (Korzinka) basketbol, Bahodir Abdullayev (B.A. Holding) stol tennisi, Murod Nazarov (Murad Buildings) yengil atletika boʻyicha masʼullar sifatida Assotsiatsiya boshqaruv kengashiga aʼzo boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring