Oʻzbekiston xavfsiz turizm boʻyicha jahonda nechanchi oʻrinda?
Arxiv surat
Mazkur reyting Fransiyaning Insurly portalida eʼlon qilingan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sogʻliqni saqlash darajasi, jinoyatchilik boʻyicha ahvol, jumladan, terrorchilik va transport hodisalari ham hisobga olingan, deb yozmoqda OʻzA.
2020-yilda sayyohlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 1-oʻrin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi oʻringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq koʻrildi. Uchinchi oʻrinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ballni toʻpladi.
Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar oʻntaligiga shuningdek, Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.
Oʻzbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib, 46-oʻrinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yoʻnalishda Oʻzbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball yozildi.
Shuningdek, portalda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yoʻq.
Reytingdagi 46-oʻrin Oʻzbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi oʻringa olib chiqdi.
Roʻyxatda Oʻzbekistondan keyingi oʻrinlar quyidagicha boʻldi: Belarus (48-oʻrin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozogʻiston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirgʻiziston (106) egalladi.
2020-yilda sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar uchligiga Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan kiritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring