Oʻzbekiston hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi

18:16 09 Fevral 2026 Jamiyat
679 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 10-13-fevral kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shimolda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu kunlarda havo harorati kunduzi asosan 12-17 daraja iliq atrofida boʻladi, hafta oʻrtasida esa 8-11 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat kechalari nisbatan 7-10 daraja iliq atrofida boʻladi, hafta oʻrtasida 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Respublika shimolida harorat kechalari 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turadi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, 9-10-fevral kunlari ayrim joylarda baʼzida 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 9-fevralda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Harorat kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi. 10-13-fevralda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kunduz kunlari asosan 11-16 daraja iliq boʻladi, 11-fevralda 8-10 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat kechalari 8-10 daraja iliqdan 3-5 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер