Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Foto: Illustrativ foto
2022-yil 6-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlandi.
Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida «Oʻzbekiston-Ozarbayjon-Turkiya» shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib oldilar.
J.Bayramov Qoraqalpogʻistonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yoʻl qoʻymaslik muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring