Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

22:22 08 Fevral 2022 Jamiyat
1113 0

Foto: Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

«Oʻzbekneftegaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga rais etib saylandi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, «Oʻzbekneftegaz» AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi, boshqaruv apparati rahbari Kamoliddin Usmonov federatsiya raisining umumiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov moliyaviy ishlar boʻyicha rais oʻrinbosari, Barselona-1992 Olimpiya oʻyinlari chempioni va federatsiyaning avvalgi rahbari Andrey Abduvaliyev esa sport masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari etib saylanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер