Oʻzbekiston delegatsiyasining Kanadadagi samarali uchrashuvlari
2025-yil 25–27-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Kanadaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif mobaynida Oʻzbekiston delegatsiyasining samarali uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Jumladan, delegatsiya Kanada Senati Spikeri Raymonda Gane bilan uchrashib, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, senatorlar S.Ataullaxjan va M.Ravalia bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda parlament diplomatiyasi, inson huquqlari, gender tenglik, migratsiya va xavfsizlik masalalari boʻyicha tajriba almashish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, delegatsiya Kanada parlamenti Jamoalar palatasi Spikeri F.Skarpaledja bilan ham uchrashib, Oʻzbekiston hamda Kanada oʻrtasida parlamentlarning quyi palatalari darajasida tizimli aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qonunchilik sohasida tajriba almashish va qoʻshma ekspertlar muloqotini tashkil etish borasida fikr almashildi.
Kanada parlamentida tashkil etilgan “Oʻzbekiston kuni” tadbiri ishtirokchilarning katta qiziqishi bilan oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsion muhitdagi oʻzgarishlar, ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosati, yashil energetika va innovatsiyalar yoʻnalishidagi yangi tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Kanada parlamenti aʼzolari Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholab, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.
27-noyabr kuni delegatsiya Toronto shahrida faoliyat olib borayotgan bir qator tashkilotlarda uchrashuvlar oʻtkazdi. Ontario universitetlar kengashi prezidenti S.Orsini bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Kanada oliy taʼlim muassasalari tomonidan qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.
“Vector Institute” rahbariyati bilan uchrashuvda sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, IT taʼlimi va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik qilish, oʻzbekistonlik yoshlarni zamonaviy texnologiyalar sohasiga jalb qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, delegatsiya Kanadada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, yoshlar va talabalar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik siyosati, vatandoshlar bilan ishlash jarayoni haqida batafsil maʼlumot berdi hamda ular tomonidan bildirilgan takliflarni muhokama qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring