Oʻzbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 25-avgust kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasining shu yil sentyabr oyida Belarus Respublikasiga amalga oshiradigan tashrifi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bаgʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi.
Yigʻilishda boʻlajak tashrif doirasidagi asosiy tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish, ustuvor mavzular va hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi. Jumladan, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, tibbiyot, taʼlim va turizm sohalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, Oʻzbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumida 7 ta mavzu bilan bogʻliq seksiyalar oʻtkaziladi. Ular doirasida tegishli sohalar boʻyicha tajriba almashish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida Vitebsk shahrida “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini oʻtkazish ham nazarda tutilgan. Unda mamlakatimizning oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat, turizm, hunarmandchilik va elektronika sohalarida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq tadbirkor ayollarning mahsulotlari namoyish etiladi.
Yigʻilish yakunida biznes-forumni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha vazirlik va idoralar masʼullariga aniq topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring