Oʻzbekiston delegatsiyasi Global sayyohlik forumida ishtirok etdi

01:13 07 Sentyabr 2022 Siyosat
619 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 6-sentyabr kuni Bryussel shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi “Yevropa yetakchilari sammiti-2022” Global sayyohlik forumida ishtirok etdi.

Butunjahon sayyohlik forumi instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda mazkur Institut bosh kotibi Tolib Rifoiy va prezidenti Bulut Bagchi, Yevropa parlamenti deputatlari, dunyoning yetakchi siyosatchilari, turizm sohasi, aviatsiya organlari va transport kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Forum davomida turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakatlar imijini targʻib qilish va qoʻllab-quvvatlash, chet elda milliy sayyohlik brendini rivojlantirish maqsadida ilgʻor bilim va koʻnikmalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Investitsiyalar, oʻzaro bogʻliqlik va mehmondoʻstlik” mavzusida maʼruza bilan soʻzga chiqib, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri boʻlgan turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlarni taqdim etdi.

Oʻzbekiston madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan lavhalar namoyish etildi.

Forum ishtirokchilari Oʻzbekistonda turizm jabhasini rivojlantirish, mamlakatning bu boradagi salohiyatini oshirish, uni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarni yuqori baholadilar.

Tadbir ishtirokchilari 2023-yilda Xiva va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” turizm forumi hamda Butunjahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер