Oʻzbekiston delegatsiyasi BMTning tarixiy konferensiyasida ishtirok etdi
Foto: Халқ сўзи
Ayni kunlarda BMTning bosh qarorgohida tuzilmaning Suv masalalari boʻyicha konferensiyasi oʻtkazilmoqda. Xalqaro hamjamiyat 45 yillik tanaffusdan soʻng ilk marotaba bunday konferensiyada jam boʻldi. Chunki masala nihoyatda dolzarb: 2050-yilga borib sayyoramiz aholisining 5 mlrd kishisi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin.
23-mart kuni konferensiyaning yuqori darajadagi yalpi majlisida mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva nutq soʻzlab, BMT minbaridan Orol dengizi fojiasining oqibatlari, ularni yumshatish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar va bu boradagi xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishda Oʻzbekistonning yetakchiligi xususida soʻz yuritdi.
Saida Mirziyoyeva Orolboʻyidagi Moʻynoq ilgari yirik ishlab chiqarish quvvatlariga ega port shahar boʻlgani, keyinchalik muvozanat buzilib, dengizning oʻlik qirgʻoqlari kemalar qabristoniga aylanganini taʼkidlab, qoraqalpoq elining atoqli shoiri Ibroyim Yusupov ijodidan dengizning koʻz ochib yumguncha sahroga aylanishi tasvirlangan satrlarni oʻqib berdi.
Oʻzbekiston amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida soʻz borganda, mintaqani moliyalashtirish, iqtisodiy salohiyatini oshirish, asosiysi, matonatli qoraqalpoq elining salomatligini tiklash, hududda yashil bogʻlarni yaratish uchun 14 mln dollardan ortiq mablagʻ ajratilgani aytildi.
Fojia oqibatlarini bevosita oʻz boshidan kechirayotgan Qoraqalpogʻiston xalqining matonati, mehnatsevarligi, yaratuvchanligi alohida eʼtirof etildi. Mintaqaning ogʻir sharoitida, ayniqsa, ayollar kuchli gʻamxoʻrlik va koʻmakka muhtojligi, ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring