O‘zbekiston davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va foydalanish, shu jumladan Oy va boshqa osmon jismlari faoliyat prinsiplari to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning 55-yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va foydalanish, shu jumladan Oy va boshqa osmon jismlari (London, Moskva va Vashington, 1967 yil 27 yanvar) faoliyat prinsiplari to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda kosmik faoliyat jahon hamjamiyatining globallashuvi va axborotlashtirish jarayonida muhim o‘rin tutmoqda.
Dunyoning barcha yetakchi va ko‘plab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan kosmik fazoni o‘rganish va undan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilib, kosmik salohiyatdan iqtisodiy, mudofaa, texnik, ilmiy, ijtimoiy, madaniy va xalqaro manfaatlarni amalga oshirish uchun foydalanib kelinmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro arenada rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mustahkamlash, xalqaro huquq normalariga muvofiq milliy manfaatlarini hisobga olgan holda kosmik faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar transferini jadallashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi hamda xalqaro huquq normalariga asoslangan hujjatlarni qabul qilishi yoki qo‘shilishi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Ta’kidlanganidek, Shartnoma 1967 yil 10 oktyabrda kuchga kirgan va 2024 yil holatiga ko‘ra, unga 114 ta mamlakat qo‘shilgan.
Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib beradi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring