Oʻzbekiston BMT “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi

14:55 30 Iyun 2025 Siyosat
227 0

Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida shlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng eʼtirof etayotgani taʼkidlandi.

Xususan, Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirgani qayd etildi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.

Shu kunlarda yurtimizda oʻtkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va oʻzaro tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Davlat rahbari shuningdek, bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi oʻgʻil-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin boʻlganini taʼkidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutugʻingiz bu – koʻp millatli butun xalqimizning yutugʻidir.

Azmu shijoatingiz, sogʻlom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”, dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер