Oʻzbekiston bir yil ichida yeryongʻoq eksportida 73,7 foiz oʻsishga erishdi
Foto: Illustrativ
2024-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 5,5 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yeryongʻoq eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,7 foizga oshgan. Bu mamlakatning oshib borayotgan eksport salohiyatidan darak beradi.
Oʻzbekiston 2024-yilning 8 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar 8 ta davlat ketma-ketligi quyidagicha:
1. Ozarbayjon – 1,000 tonna;
2. Rossiya – 892 tonna;
3. Qozogʻiston – 707 tonna;
4. Qirgʻiz Respublikasi – 558 tonna;
5. Pokiston – 455 tonna;
6. Turkmaniston – 347 tonna;
7. Germaniya – 330 tonna;
8. Xitoy – 288 tonna.
Avvalroq, soliq toʻlovchilar 8 oyda 16 trillion soʻm soliq imtiyozlaridan foydalangani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring