Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum
Bugun, 10-mart kuni Avstraliyada ayollar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Osiyo chempionati musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi.
Soʻnggi tur natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum boʻldi. Oʻz tarixida birinchi marta chorak finalga yoʻl olgan Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoa ushbu bosqichda Janubiy Koreya ayollar jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu oʻyin 14-mart sanasida Sidney shahrida joylashgan “Australia stadion” arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, agar Oʻzbekiston termasi ushbu oʻyinda magʻlub boʻlsa, Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun Yaponiya va Filippin oʻyinida magʻlub boʻlgan jamoaga qarshi bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring