Oʻzbekiston — AQSH: oʻzaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
2022-yil 11-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari komissiyasi raisi Tanzila Nоrbоyeva AQSHning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Oʻzbekiston hamda AQSH parlamentlari aʼzolari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari, shuningdek, gender tenglikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik muloqoti yoʻlga qoʻyilgani qayd etildi. Joriy yilda nishonlanayotgan Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi muhim voqea hisoblanadi.
Deniyel Rozenblyum Oʻzbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, gender tenglikni taʼminlash, ayollar huquqlarini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ularning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining parlamentlararo guruhining AQSH Kongressi bilan hamkorlik boʻyicha muloqotini davom ettirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini faollashtirishga muhim ahamiyat berilayotgani alohida taʼkidlandi.
“Oʻzbekiston boʻyicha kokus” faoliyatining ijobiy oʻrni va samaradorligi qayd etildi.
Tomonlar muhokama qilingan masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashishga tayyorliklarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring