Oʻzbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etadi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bugun, 3-noyabr kuni qabul qilingan PF-203-son Farmonida keltirilgan.
Hujjatga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekistonga tashrif buyurgan AQSh fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi.
Farmonda yangi choraning maqsadi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni, shuningdek, turizmni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish ekani qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring