Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni boʻldi

Joriy yilning 5-12-fevral kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Ilk bor tashkil etilgan qitʼa birinchiligida 100 foizlik natija bilan finalga chiqqan Oʻzbekiston terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Indoneziya vakillariga qarshi maydonga tushdi.
Oʻyin davomida yaqqol ustunlik qayd etgan oʻzbekistonlik sportchilar raqib darvozasini 6-marta ishgʻol etdi. Eʼtiborlisi, Indoneziya terma jamoasi butun bahs davomida bir marta ham gol zavqini his eta olmadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston jamoasi 6:0 hisobida raqiblarini magʻlub etib, 2025-yilgi Osiyo chempionati gʻolibiga aylandi.
Maʼlumot uchun, hamyurtlarimiz musobaqaning ilk turida ham Indoneziyaga qarshi maydonga tushib, 8:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi. Mazkur oʻyinda Oʻzbekiston darvozasiga kiritilgan gol chempionat yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Jamoa ikkinchi turda Nepal darvozasiga javobsiz 13 ta gol kiritgan boʻlsa, navbatdagi bahs doirasida mezbon sportchilar, Bangladesh termasi 3:0 hisobida magʻlub etildi.
Vakillarimiz chempionat yarim finalida Iroq termasini ham 3 ta javobsiz gol bilan siylab, chempionlik sari yoʻl olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring