Oʻzbekiston Afgʻonistonning Mozori Sharifdagi aeroportini qayta qurishni boshladi
Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Balxda “Tolibon” harakati bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Mozori Sharifdagi aeroportni qayta qurishni boshlaganini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Tolo Newsʻga tayanib xabar berdi.
Irgashevning soʻzlariga koʻra, 30 nafar texnik mutaxassislar guruhi allaqachon Mozori Sharifga joʻnatilgan va ular obyektni qayta tiklash bilan shugʻullanmoqda.
Balx viloyati hokimi Qudratulloh Abu Hamzaning soʻzlariga koʻra, tomonlar ham shunday muhokama qilgan. Trans-afgʻon temir yoʻli loyihasi, elektr energiyasi yetkazib berish uchun kredit berishni Oʻzbekiston toʻxtatmaydi.
Aviatsiya va transport vaziri oʻrinbosari Hasibulla Suroshning soʻzlariga koʻra, quyidagi kelishuvga erishilgan:
Oʻzbekistonlik mutaxassislar barcha aviatsiya texnikasi, boshqaruv minorasi, oʻt oʻchirish punkti, yorugʻlik tizimlari ishini sozlaydi;
Aeroportning 83 nafar xodimi malaka oshirish uchun Oʻzbekistonga boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring