Oʻzbek va qoraqalpoq bir xalq va bir millat — Baxtiyor Husanov

16:01 03 Iyun 2023 Madaniyat
1316 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!» shiori ostida tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Unda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, elimiz suygan shoira Zulfiya Moʻminova, taniqli sanʼatkorlar ishtirok etmoqda.

Tadbirni Baxtiyor Husanov ochib berdi.

«2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida va mamlakatimizda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xam “Madaniyat uy”lari qurilmoqda, yangi kutubxonalar ish boshlayapti. Bu kabi ishlar bejizga amalga oshirilmayapti.

Zero, bu islohotlar zamirida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda adabiyot, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat sohalarining mavqeyini yanada oshirish maqsad qilib qoʻyilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida uzoq gapirish mumkin. Men ayni damda bir narsani aytishim mumkin, oʻzbek va qoraqalpoq bir xalq va bir millat”, dedi u.

Shundan soʻng Baxtiyor Husanov farzand tarbiyasida ota-onalar masʼuliyati oshirish masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?