Oʻzaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda — Prezident
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz dunyoda ishonch va oʻzaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan koʻplab tahdidlar kuchayganini koʻrsatib oʻtdi.
Uning fikricha, iqlim oʻzgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonamiz muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda.
“Oʻzaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham koʻproq talab etilmoqda. Tashkilotimiz faoliyati shunday muloqotni amalga oshirish mumkinligini dunyoga namoyon etmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
SHHT ochiqlik va bloklarga qoʻshilmaslik tamoyillariga qatʼiy sodiqligi tufayli ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli tarzda chuqurlashtirayotgani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring