Oʻttiz yillik izlanishlar natijasi — JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani maʼqulladi

Foto: Getty Images
Preparatning past samaradorligiga qaramay (taxminan 30 foiz) klinik tadqiqotlar natijalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari tomonidan maʼqullangan.
JSST dunyo tibbiyoti tarixida birinchi marta Afrika qitʼasi bolalari uchun bezgakka qarshi RTS,S/AS01 vaksinasidan foydalanishni maʼqulladi. Preparatning klinik sinovlari Gana, Keniya va Malavida oʻtkazilib, unda 800 mingdan ortiq bola qamrab olingan.
“Bu tarixiy lahzadir. Bezgakka qarshi uzoq kutilgan vaksina — fan, bolalar salomatligi va bezgakka qarshi kurashda yutuqdir”,-dedi JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ushbu voqeaga munosabat bildirib.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mazkur vaksinadan foydalanish har yili oʻn minglab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.
Bezgak odamlar orasida eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. JSST hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yilda 400 ming nafarga yaqin odam ushbu kasallikdan vafot etgan. Shundan 260 ming nafarga yaqini Sahroi Kabir janubidagi mamlakatlarda yashovchi besh yoshgacha boʻlgan bolalardir. Umuman, bezgakning barcha turlari Yer yuzidagi 220 millionga yaqin odamga turli jarajada taʼsir qiladi.
Manbada qayd etilishicha, hozirgi kunda bezgakka qarshi davo choralari tobora samarasisiz boʻlib bormoqda. Chunki parazitning oʻzi ham, uning tashuvchilari — bezgak chivinlari ham kasallikka qarshi dorilarga tobora chidamli ortib bormoqda.
RTS,S/AS01 vaksinasi bezgakning eng xavfli qoʻzgʻatuvchisi — Plasmodium falciparum parazitiga qarshi ishlaydi. U taxminan 30 yil davomida ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, vaksina bezgakdan oʻlimni 30 foizga kamaytiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring