Osiyodagi eng katta shoʻr koʻl “gʻoyib boʻldi”
Eronning shimoli-gʻarbida joylashgan, qariyb 4 ming yillik tarixga ega Osiyodagi eng yirik shoʻr suv havzasi hisoblangan Urmiya koʻli butunlay qurib qoldi. Bir vaqtlar Konstans koʻlidan oʻn baravar katta boʻlgan ushbu koʻl hozirda faqatgina kichik koʻlmakchalarga aylanib qolgan.
1980-yillarda Urmiyaning uzunligi 140 kilometrga, kengligi esa 55 kilometrga yetgan. Ammo 2025-yil yoziga kelib, uning tubi qurib, ildizidan yoʻqoldi.
Ekologlar va muxolifat ommaviy axborot vositalari bu holatni tabiiy jarayon emas, balki hukumat siyosati oqibatida yuzaga chiqqan ekologik falokat, deya baholamoqda. “Iran News Update” maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda yillar davomida yer osti suvlarini quritib kelgan milliondan ortiq noqonuniy quduqlar ochilgan. Shuningdek, suv resurslarining 88 foizi qishloq xoʻjaligiga sarflanishi vaziyatni yanada ogʻirlashtirgan. Biroq ushbu tarmoq mamlakat yalpi ichki mahsulotining atigi 10 foizini taʼminlaydi.
Prezident Masʼud Pezeshkiyon ham iyul oyidagi chiqishida suv tanqisligi Eron uchun katta muammoga aylanganini tan oldi. Uning aytishicha, rasmiylar hatto 15 milliondan ortiq aholi yashaydigan poytaxt — Tehronni koʻchirish masalasini ham koʻrib chiqishga majbur boʻlmoqda.
Urmiyaning qurishi nafaqat ekotizimga, balki odamlar hayotiga ham jiddiy xavf tugʻdiradi. Qurigan koʻl tuz boʻronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa tuproqning unumdorligini yoʻqotib, qishloq xoʻjaligini yaroqsiz holga keltiradi. Natijada yuz minglab odamlar salomatligi va turmush sharoiti tahdid ostida qolishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring