“Osiyo bolalari” sport oʻyinlari: musobaqa medallari taqdimoti boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 27-iyul kuni Vladivostok shahrida “Osiyo bolalari” VII xalqaro oʻyinlari medallarining taqdimoti oʻtkazildi.
Mazkur musobaqa medallari lotus guli uslubida tayyorlangan. Medallarda tarixiy joylar va mahalliy aholining madaniyati aks etgan.
Shuningdek, koʻngillilar (volontyorlar), tashkilotchilar, hakamlar, tarjimonlarning liboslari ham namoyish etildi. Tashkilotchilar dizayn loyihani 6 oydan ortiq vaqt davomida ishlab chiqishgan.
Maʼlumot uchun: mazkur musobaqada 174 nafar (101 nafar oʻgʻil bola, 73 nafar qiz) hamyurtimiz sportning 17 ta turida oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring