Oʻrunov jamoasidan gʻalaba, Hamrobekov jamoasidan kambek

11:25 15 Dekabr 2025 Sport
237 0

Kecha, 14-dekabr kuni futbol boʻyicha Eron chempionatida 14-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahslarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Oston Oʻrunov va Odil Hamrobekov toʻp surayotgan klublar oʻz oʻyinlarini oʻtkazdi.

Tehronda kechgan “Persepolis” va “Alyuminiy Arak” klublari oʻyinida maydon egalari 1:0 hisobida gʻalaba qozondilar. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Tyevi Bifuma mualliflik qildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Oston Oʻrunov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada Farshad Ahmadzodaga almashtirildi.

Tabriz shahrida kechgan oʻyinda esa “Traktor” klubi 1:0 hisobida yutqazib turar ekan, “Paykan”ni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov gʻoliblar safida asosiy tarkibda maydonga tushirildi va oʻyinda toʻliq ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, bugun Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi Rustam Ashurmatov toʻp surayotgan “Istiqlol Tehron” klubi ham oʻz oʻyinini oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?